@imlogram/cli
Skanerlaydi. Körsatadi. Siz tasdiqlaysiz. Şundan keyingina fayllarga yozadi.
Loyihangizdagi .ts/.tsx/.js/.jsx fayllarni topib, ularning içidagi tabiiy-tilga
öxşagan matnlarni (@imlogram/core orqali)
aniqlaydi — özgaruvçi nomlari, importlar, JSX teglari va Tailwind klasslariga tegmasdan.
Keyin brauzerda lokal bir sahifa oçadi: har bir topilgan matnni körasiz, keraksizlarini
bekor qilasiz, va faqat tasdiqlangan özgarişlar diskdagi fayllarga yoziladi.
Foydalaniş
npx @imlogram/cli migrate .
Skanerlanmoqda: /path/to/loyiha
14 ta matn topildi (5 ta faylda).
Körib çiqiş uçun brauzerda oçing: http://localhost:4321
Brauzerda oçilgan sahifada har bir fayl böyiça topilgan matnlar röyxati, ularning konvertatsiya qilingandan keyingi körinişi, va checkbox'lar bilan tanlaş imkoniyati körsatiladi. "Tanlanganlarni qöllaş" tugmasi bosilgaç, faqat belgilangan özgarişlar fayllarga yoziladi — qolganlari tegilmay qoladi.
Parametrlar
npx @imlogram/cli migrate [papka] [--to=new|old] [--port=4321]
| Parametr | Standart | Tavsif |
|---|---|---|
papka |
. (joriy papka) |
Qaysi papkani skanerlaş kerak |
--to |
new |
new — eski→yangi, old — yangi→eski |
--port |
4321 |
Lokal serverning porti |
Nega bu CLI kerak, sayt yetarli emasmi
imlogram.uzdagi Aylantirgiç bitta matn parçasini qabul qiladi. Bu CLI esa butun
loyihani — önlab fayllarni bir yöla — skanerlab, har bir özgarişni köz bilan
körib tasdiqlaş imkonini beradi, va natijani töğridan-töğri fayllaringizga yozadi.
Katta kod bazasini yangi alifboga ötkaziş uçun möljallangan.
Xavfsizlik
CLI heç qanday tarmoqqa (internet) sörov yubormaydi — hammasi lokal maşinangizda,
lokal serverda işlaydi. Fayllarga yozişdan oldin har doim git status/git diff bilan
tekşirib çiqiş, yoki avval commit qilib oliş tavsiya etiladi (özgarişlarni qaytarib
bölmaydigan holatga tuşmaslik uçun).
Havolalar
- Manba kod: github.com/imlogram/imlogram
- Töliq hujjatlar: imlogram.uz/hujjatlar
- Muammo haqida xabar beriş: GitHub Issues
Litsenziya
MIT